Bugun, 1 aprel kuni Olma-otada koronavirus infeksiyasidan sog`aygan 10 nafar bemor shifoxonadan chiqarildi. Ularning orasida 2 yoshlik bola ham bor, deb xabar berdi Qalampir.
Ma`lum qilinishicha, shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan bitta bola va ikkita katta yoshdagi bemorga javob berilgan. Olma-ota sog`liqni saqlash boshqarmasi ma`lum qilishicha, bemorlar 14 kunlik uy karantinida bo`lishadi.
Ta`kidlanishicha, bemorlarning ikki nafari joriy yilning 13 mart kuni Berlin-Minsk-Olma-ota charter reys bilan Olma-otaga etib kelishgan. Aeroportdagi tekshiruvlar vaqtida ularda koronavirus aniqlangan. Ayni samolyotda bo`lganlarning yana 7 nafarida koronavirus aniqlangan.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`istonda koronavirus bilan bog`liq 372 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 3 nafari vafot etgan, 26 nafari esa sog`aygan.