Avval xabar berilganidek, bugun IIV matbuot kotibi Shohrux G`iyosov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.Unda ayni paytdagi krantin holati bilan bog`liq bir qancha savollarga javob berildi. Xususan:
Agar boshqa viloyatda yashaydigan yaqin qarindoshlarining, masalan ota-onasining dafn marosimiga borish zarur bo`lsa, qanday yo`l tutish kerak?
— Afsuski, qanchalik og`ir bo`lmasin, o`rnatilgan cheklov barchaga istisnosiz taalluqli bo`lib, boshqa viloyatda bo`lgan yaqin qarindoshlaringizning dafn marosimida qatnasholmaysiz.
Tibbiyot muassasasidan uyiga javob berilgan fuqaroni bir viloyatdan boshqa viloyatga olib o`tish qanday bo`ladi?
Agar Siz og`ir kasal bo`lgan fuqaroni, masalan Toshkent shahridan o`zining doimiy yashaydigan boshqa viloyatiga olib bormoqchi bo`lsangiz, uning xaqiqatdan o`sha viloyatda ro`yhatda turganligini isbotlovchi pasporti va sog`liqni saqlash xodimlarini tegishli xulosasi asosida postlardan olib o`tishingiz va uyiga eltib qo`yishingiz mumkin.
Ta`kidlanishicha, kasalning uyiga olib borgan fuqaro, karantin cheklovlari tugamaguncha ortga qaytolmaydi.