Eronda kuchli yog`ingarchilik yuzaga keltirgan suv toshqini oqibatida 21 kishi halok bo`ldi va bir kishi bedarak yo`qoldi, deya xabar berdi favqulodda vaziyatlar xizmatining matbuot kotibi Mojtaba Xolidiy chorshanba kuni. Bu haqda tarjumon.uz xabar bermoqda.
Xolidiyning so`zlariga ko`ra, Fars viloyatida 11 kishi, Xormozgan va Qumda uchtadan, Sistan va Balujiston viloyatida ikkita, Bushehr va Xuzistonda bittadan odam halok bo`lgan. Fors ko`rfazi sohilidagi Hormozgan shahrida bir kishi bedarak yo`qolgan. Shuningdek, 22 kishi jarohat olgan.
Eronda o`tgan haftada ham suv toshqini sodir bo`lgan va u 12 kishining umriga zomin bo`lgandi. Mamlakatga yana kuchli yomg`ir kelish xavfi mavjud.
Ma`lumot uchun, koronavirus eng ko`p tarqalgan mamlakatlardan biri bo`lgan Eronda hozirgacha 47,593 kishi ushbu kasallikni yuqtirib oldi va 3,036 kishi vafot etdi.






