15 mart kuni B.M. Beshariq tumanida joylashgan “Beshariq shifo” xususiy klinikasida davolanayotgan U.V.ning telefonini qo`ng`iroq qilib olish uchun olgan va qaytarib bermay hodisa joyidan yashiringan. Narxi 1 600 000 so`mlik “Samsung J6+” rusumli uyali telefon apparatini sotib, pullarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg`ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan uyali telefon apparatlarini o`zlari tanimagan shaxslarga bermasliklarini, firibgarlardan ehtiyot bo`lishlarini so`ramoqda.