AQSh harbiy dengiz kuchlari qo`mondonligi “Teodor Ruzvelt“ aviatashuvchi kemadan 2700 nafar harbiyni sohilga tushirishni rejalashtirmoqda, chunki uning bortida 100 kishi koronavirusga chalingan, dedi chorshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda Harbiy dengiz qo`shinlari rahbari vazifasini bajaruvchi Tomas Modli. Bu haqda O`z A xabar bermoqda.
“Biz hozirgacha kemadan shaxsiy tarkibning taxminan ming nafarini tushirdik. Yaqin ikki kun ichida yana 2700 kishini qirg`oqqa olib tushamiz. Shuni ta`kidlamoqchimanki, biz butun ekipajni kemadan olib qololmaymiz “, — dedi u.
Bundan avval OAV kapitan kemadan 4 ming kishini tushirishni so`rab rahbariyatga murojaat qilgani haqda yozgan edi.
Kemada koronavirus tarqalishining oldini olish uchun zarur bo`lgan barcha choralar ko`rilmoqda, har qanday holatda ham ekipajning bir qismi kemadagi barcha tizimlarning faoliyatini ta`minlash va qo`riqlash uchun bortda qolishi kerak, deya ta`kidladi Modli.