AsosiyJinoyat

Jizzaxda karantin qoidalarini buzib, IIB xodimiga qarshilik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Jizzaxda karantin qoidalarini buzib, IIB xodimiga qarshilik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

2020 yil 1 aprel kuni  fuqaro S.U. (1988 .t., sudlangan, ishsiz)  “Lacetti” rusumli avtomashinasini karantinli sharoitda ruxsat beruvchi maxsus ruxsatnoma (stiker) siz boshqarib, “Samarqand-Toshkent”  yo`nalishiningG`allaorol tumani hududiga etgandashu erdagi  yo`l-patrul xizmati maskani xizmat vaziflarini bajarayotganMilliy gvardiya va sanitariya epidemiologiya xodimlari tomonidan to`xtatilgan. Bu haqda “Darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov xabar berdi.

Ayni jarayonda Jizzax viloyati IIB YHXB YPX inspektori tomonidan S.U.dan tegishli hujjatlarni taqdim etishi so`ralganda, u inspektorning  qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortib, uning ko`krak qismiga zarb bilan urib, qochish maqsadida avtoulovini Toshkent yo`nalishi bo`ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda,mashinaning  chap tomon old eshigiga osilib qolgan YPX  inspektorini 600 m. masofagacha sudrab ketadi.

Holat yuzasidan shu kunning o`zida  G`allaorol tumani prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. 

Haydovchi S.U. prosessual tartibda ushlangan.

Bosh prokuratura karantin va cheklov tadbirlarini buzish, kasallik o`chog`iga borganlik hamda bemorlar bilan muloqotda bo`lganlik haqidagi ma`lumotlarni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi.

    Boshqa yangiliklar