Qashqadaryoda rashk tufayli kelib chiqqan janjal sabab erkak rafiqasini bo`g`ib o`ldirdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, 2020 yil 1 aprel kuni soat 12:00 larda Shahrisabz shahri, Teparlik mahallasida yashovchi 1974 yilda U.Q. turmush o`rtog`i, 1981 yilda tug`ilgan G.S. bilan rashk tufayli o`zaro janjallashib qoladi. Shundan so`ng erkak ayolini o`ldirish maqsadida yashash uyining xo`jalik xonasidagi stulga majburan o`tqizib, qo`l va oyoqlarini stulga arqon ip bilan bog`laydi. Qo`lidagi arqon bo`lagi bilan esa ayolning bo`yin sohasidan bo`g`ib, qasddan o`ldiradi.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan U.Q.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda u gumonlanuvchi tarikasida ushlangan.