Filippin prezidenti Rodrigo Duterte polisiya va qurollari kuchlarga karantin vaqtida tinchlik va tartibni buzib, norozilik namoyishini o`tkazayotgan fuqarolarga qarata o`q uzish bo`yicha ko`rsatma berdi.
Phillipine Star gazetasining yozishicha, bu boradagi tegishli buyruq Keson-Siti shahrining o`nlab vakillari mahalliy hukumatdan oziq-ovqat va boshqa yordamlarni so`rab uyushtirgan namoyishidan so`ng berilgan. Norozilik namoyishining 20 dan ortiq ishtirokchisi qo`lga olingan.
«Polisiya va armiyaga buyurama, agarda hayotingizga xavf tug`diradigan mojaro yoki janjal yuzaga kelsa, qonunbuzarlarga qarata o`q otib, ularni er tishlating», — deydi Duterte.
Filippin milliy polisiyasi rahbari Archi Gamboaning aytishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari hech kimni o`ldirmaydi. «Albatta, yo`q. Prezident mubolag`a qilgan ko`rinadi», — deydi Gamboa.
Hozirda Filippinda koronavirus bilan 2,3 mingdan ortiq odam kasallangan, 96 kishi vafot etgan.