Yuz yoshni qoralagan ayol koronavirusdan sog`ayib, uyiga javob berildi. Bemor Asturiya viloyatining Aviles shahridagi kasalxonada davolangan, deb xabar bergan Muxtoriyatlar hamjamiyati sog`liqni saqlash departamenti.
“Bugun biz uchun quvonchli kun. San Agustin de Aviles Universiteti kasalxonasida COVID-19 virusiga chalingan birinchi bemor tuzalib chiqdi. Gap 100 yoshga kirgan ayol haqida bormoqda.“, — deyiladi sog`liqni saqlash departamentining Twitterda tarqatgan xabarida.
2 aprelgacha Ispaniyada koronavirusga chalinish bo`yicha 110 mingta holat aniqlandi, ulardan 10 ming bemor vafot etdi. Asturiya viloyatida koronavirusni yuqtirib olganlar 1,4 mingga etgan, qurbonlar soni 69 kishini tashkil etdi, deyiladi mazkur xabarda.
Ispaniyada 100 yoshga kirgan ayol koronavirusdan butunlay sog`aydi
Yuz yoshni qoralagan ayol koronavirusdan sog`ayib, uyiga javob berildi. Bemor Asturiya vil...






