AsosiyJamiyat

Dehqonobodda hovlida yuz bergan baxsiz hodisa sabab bir oilaning uch a`zosi halok bo`ldi, biri esa og`ir ahvolda

'Dehqonobodda hovlida yuz bergan baxsiz hodisa sabab bir oilaning uch a`zosi halok bo`ldi, biri esa og`ir ahvolda'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, kecha, 3 aprel kuni Dehqonobod tumani shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga B. mahallasidan 16 yoshli X.H. o`ta og`ir ahvolda olib kelingan. 

Unga “Zaharli gazdan o`tkir zaharlanish o`ta og`ir darajasi. O`tkir toksemiya davri. O`pka shishi. Aspirasion sindrom. O`tkir nafas etishmasligi. O`tkir yurak va qon tomir etishmasligi. Toksik koma” tashxisi qo`yildi.  

Zudlik bilan standart bo`yicha tekshiruvlar o`tkazilib, bemorga tibbiy yordam ko`rsatildi.  

Ma`lum bo`lishicha, bemor yashaydigan xonadondagilar eski hojatxona yonidan yangi chuqur kovlashayotgan paytda o`rtadagi devor yorilib ketishi natijasida X.H.ning otasi, 48 yoshli Q.E., onasi, 44 yoshli B.O. va va opasi, 20 yoshli X.D. voqea joyida vafot etishgan.  

    Boshqa yangiliklar