AsosiyJinoyat

Bekobodda berilgan imtiyozlarni suiste`mol qilgan yuk mashinasi haydovchisiga tegishli chora ko`rildi

'Bekobodda berilgan imtiyozlarni suiste`mol qilgan yuk mashinasi haydovchisiga tegishli chora ko`rildi'ning rasmi

Respublikamiz hududida joriy etilgan karantin davrida fuqarolarga qulaylik yaratish uchun yuk avtomobillarining harakati to`xtatilmadi. Oziq-ovqat, qishloq xo`jalik mahsulotlari bozorlarga o`z vaqtida etib borsin, deya ularga shu imtiyoz berildi. Ammo, ba`zi bir haydovchilar o`zlariga berilgan bu imtiyozlarni suiste`mol qilib, karantin postlarida xizmat olib borayotgan xodimlar talabiga bo`ysunmasdan, o`zboshimchalik bilan qoida talablarini buzishmoqda.

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tashkil etilgan “Navoiy” karantin postida xizmat olib boryotgan YPX inspektori M.Raxmonov “ZIL-138A” rusumidagi, davlat raqam belgisi 20 L 678 DA bo`lgan yuk avtomobiliga to`xtash ishorasini beradi. Ammo haydovchi bu talabga bo`ysinmasdan o`z harakatini davom ettiradi. 

Avtomashinaning bu tarzda bepisandlik bilan to`xtamay ketishi shubhali, albatta. Shu sababdan xodimlar tezkor chora-tadbirlar qo`llab avtomashinani to`xtatishadi. Ma`lum bo`lishicha uni haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani, “Toshkent” qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi O.Sh. boshqarib borayotgan ekan.

U xodimlarning, “nima uchun to`xtash ishorasiga bo`ysunmadingiz?” degan savollariga biror jo`yali javob qaytara olmadi va aybiga iqror bo`ldi. YPX inspektori unga nisbatan o`rnatilgan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga kiritib qo`ydi. Endi haydovchi qilmishiga yarasha tegishli jazosini oladi.

    Boshqa yangiliklar