AsosiyDunyo

Koronavirusga chaliingan Buyuk Britaniya bosh vazirining o`pkasini sun`iy ravishda ventilyasiya qilish amalga oshiriladi

'Koronavirusga chaliingan Buyuk Britaniya bosh vazirining o`pkasini sun`iy ravishda ventilyasiya qilish amalga oshiriladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida uning o`zi Tvitterda videomurojaati orqali ma`lum qilgan edi.

Ayni paytda ma`lum qilinishicha, Jonsonning o`zini o`zi izolyasiya qilish alomatlari 10 kun davomida yo`qolmagan .

Shu sabab, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus tufayli kasalxonaga yotqizildi.

Ma`lum qilinishicha, uning o`pkasini sun`iy ravishda ventilyasiya qilish amalga oshiriladi.

Eslatib o`tamiz, ayni paytgacha, O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 342 nafarni tashkil etmoqda.

27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.

28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.

Bugungi kungacha esa 25 nafar bemor butunlay tuzalgan, 22 nafar bemorda pnevmoniya klinik belgilari bor, farg`onalik bemorning ahvoli og`irligicha qolmoqda.

Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.

    Boshqa yangiliklar