7 aprel — jahon salomatlik kuni, ekani haqida eslatdi "Dori-darmon" AK.
Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti 1948-yil 7-aprel kuni tashkil topgan. Shu sabab ushbu sana Jahon salomatlik kuni sifatida keng nishonlanadi.
Har yili ushbu sana munosabati bilan jamiyatimizdagi biror-bir dolzarb tibbiy-ijtimoiy masalaga e`tibor qaratiladi. Joriy yilda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish, vaksina yaratish jarayonlarini tezlashtirishga alohida e`tibor qaratilsa ajab emas.