AsosiyDunyo
2983

Koronavirusga chalingan fuqarolarni mobil telefonlar orqali nazoratga oladi

'Koronavirusga chalingan fuqarolarni mobil telefonlar orqali nazoratga oladi'ning rasmi

Turkiya koronavirus tashxisi qo`yilgan fuqarolar karantinni buzmasliklari uchun ularning mobil telefonlarini kuzatib boradi, deya xabar berdi hukumat vakillari chorshanba kuni. Bu haqda tarjimon sayti xabar berdi. 

Turkiya fuqarolarni kuzatishni boshlaydi. Karantindagilar uylaridan chiqsalar ularga xabar yuboriladi va qo`ng`iroq qilinadi, dedi prezidentning Aloqa departamenti. Ulardan uylariga qaytishlari so`raladi va polisiya karantin qoidalarini buzishda davom etayotganlarni jazolaydi. Shuningdek, Turkiya qonunlari «istisnoviy holatlarda» fuqaro roziligisiz shaxsiy ma`lumotlardan foydalanishga ruxsat berishi ham ma`lum qilindi. Ammo, departamentning aytishicha, Turkiya hukumati to`plangan shaxsiy ma`lumotlarning boshqa maqsadlarda ishlatilmasligini ta`minlaydi.

Turkiyaga 11 mart kuni koronavirus kirib kelganligi rasman tasdiqlangandi. 8 aprel holatiga ko`ra bu mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar 34 mingdan oshdi va 725 kishi nobud bo`ldi.

Turkiya hukumati virus tarqalishining oldini olish uchun ba`zi shaharlarda karantin joriy qildi, jamoat namozini vaqtincha to`xtatdi, maktablar, bar va restoranlarni yopdi va shaharlararo harakatni chekladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar