Karantin tadbirlari e`lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo`yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog`liq jami – 39 245 ta holat aniqlangan. Ular:
- Toshkent shahrida – 6 242 ta holat;
- Farg`ona viloyatida – 4 954 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 4 839 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 4 052 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 3 370 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 2 927 ta holat;
- Namangan viloyatida – 2 533 ta holat;
- Andijon viloyatida – 2 030 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 1 746 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 1 713 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 1 577 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 1 549 ta holat;
- Qoraqalpog`iston Respublikasida – 1 258 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 455 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, 8 aprel kuni Jizzax viloyati, Do`stlik tumani, “G`.G`ulom” mahallasi, G`.G`ulom ko`chasida yashovchi 1999 y.t. A.Sh., Sh.Rashidov tumani, Samarqandquduq qishlog`i, Boburiy ko`chasida yashovchi 1981 y.t. A.N., Farg`ona viloyati, Bog`dod tumani, “Kanizar” mahallasida yashovchi 1985 y.t. Yu.T., Bog`dod tumani, “Sho`roqer” qishlog`ida yashovchi 1994 y.t. L.S., Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani, “Bo`zachi” mahallasi, Bo`zachi qishlog`ida yashovchi 1975 y.t. T.A. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma`muriy javobgarlikka tortilganlar.
8 aprel kuni Urganch shahar, Firdavsiy ko`chasida yashovchi 1973 y.t. X.B., Qoraqalpog`iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Qalimbek” mahallasida yashovchi 1984 y.t. F.T., Qo`ng`irot tumani, “O`rnek” ovulida yashovchi 1998 y.t. B.T.lar ruxsatnomasiz o`z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bo`yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
8 aprel kuni Buxoro viloyati, Romitan tumani, “Zarafshon” mahallasi, X.Azizon ko`chasida yashovchi 1978 y.t. M.J. o`z avtomashinasida ruxsatnoma stikerisiz o`zidan tashqari 3 nafar fuqaroni avtomashinaga mindirib, maqsadsiz yurganligi aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bo`yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
8 aprel kuni Xorazm viloyati, Urganch tumani, Goybu kishlog`i, “Shoxidonlar” mahallasida yashovchi 1988 y.t. S.R. velosipedda bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bo`yicha javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima
6 aprel kuni Guliston shahar, “Do`stlik” mahallasi, Abdullaev ko`chasida yashovchi muqaddam sudlangan 1982 y.t. U.D. karantin qoidalariga rioya qilmasdan, “Do`stlik” qo`rg`onida tashkil etilgan blok post orqali Guliston shahriga kirishga uringan. Unga qarshilik qilgan IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmay, qo`pollik qilib, xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar va boshqa huquq-tartibot organlari xodimlariga nisbatan haqoratli so`zlar ishlatgani uchun Ma`muriy ishlar bo`yicha Guliston shahar sudi tomonidan U.D.ga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi, 194-modda 1-qismiga asosan 446.000 so`m jarima jazosi, hamda U.D.dan 501.750 so`m qamoq harajatlari undirilishi belgilangan.
Ta`kidlab o`tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas`uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne`mat bo`lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.