AsosiyDunyo

Serbiya prezidentining o`g`li koronavirusga chalindi

'Serbiya prezidentining o`g`li koronavirusga chalindi'ning rasmi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich o`zining Instagram’dagi sahifasida o`g`li koronavirusga chalinganini ma`lum qildi. Bu haqda rbs.ua xabar berdi.

«Bularning barchasi boshlanganda o`g`lim Danilo taslim bo`lmasligini aytdi. To`ng`ich o`g`lim koronavirusga chalindi. Klinik holat shundayki, uni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga qabul qilishdi. O`g`lim, sen buni ham engib o`tasan. Otang ham, boshqalar ham seni yaxshi ko`radi», — deb yozgan prezident va o`g`lining yoshlik paytida birga tushgan suratini joylagan.

Ma`lumot uchun, 23 yoshli Daniloning onasi Kseniya Yankovich bo`lib, u Vuchich bilan 2011 yil ajrashgan.

Boshqa yangiliklar