AsosiyDunyo

Koronavirusdan tuzalgan ayol yana qayta infeksiyaga chalindi

'Koronavirusdan tuzalgan ayol yana qayta infeksiyaga chalindi'ning rasmi

RIA Novosti axborot agentligi “Txai Rat“ gazetasiga asoslanib xabar berishicha, tailandlik ayol koronavirus infeksiyasidan sog`ayganidan so`ng oradan hafta o`tib yana kasallikka chalingan. Bu haqda “Txai Rat“ gazetasiga Chayyapxum provinsiyasi sog`liqni saqlash departamenti ma`lum qilgan.

Mart oyi boshida xorijdan qaytib kelgan 38 yoshli ayol kasallikka chalinib, 12 mart kuni Bankokda shifokorga uchragan. U koronavirus uchun test topshirganda natija ijobiy bo`lib chiqqan. Bemor poytaxtdagi shifoxonalardan birida ikki haftadan ko`proq vaqt davolanib, tuzalib chiqqan.

Oy oxirida Chayyapxum provinsiyasiga qaytgan ayol 4 aprel kuni yana shamolash alomatlari bilan shifokorga murojaat qiladi. Undan koronavirus uchun uch marotaba olingan test natijalari ijobiy bo`lib chiqdi. Oqibatda bemor yana yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.

– Bu g`ayritabiiy holat, ammo u Bankokdagi epidemiologik tadqiqotlar bo`yicha kasalxona vrachlarining ko`rsatmalari va tibbiy hujjatlar asosida tasdiqlandi, – deydi Chayyapxum provinsiyasi sog`liqni saqlash departamenti boshlig`i Vatchira Botpxibun.

Koronavirus Chayyapxumni deyarli zararlamagan. Provinsiyada infeksiyaga chalinish bo`yicha bor-yo`g`i to`rtta holat, jumladan, ikki marta kasal yuqtirgan ayol va ikki bemor qayd etilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Tailandda epidemiya boshlangandan buyon koronavirus infeksiyasiga chalinish bo`yicha 2 ming 423 holat qayd etilgan. Shundan 940 kishi to`la sog`ayib ketgan, 32 bemor halok bo`lgan.

Boshqa yangiliklar