AsosiyJamiyat

Karantin paytida pensiya olish bilan bog`liq savollarga Xalq banki javob berdi

'Karantin paytida pensiya olish bilan bog`liq savollarga Xalq banki javob berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayni karantin paytida pensiya olish bilan bog`liq bir qator savol va murojaatlar kelib tushmoqda. Jumladan Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi fuqaro kasalmand otasi o`zi bilan yashashi, ammo u Buxoro shahrida ro`yxatda turganligi sababli pensiya pullarini olish muammo bo`layotgani haqida yozgan. Ushbu murojaat bo`yicha Xalq banki quyidagilarni ma`lum qildi.

"Agarda pensioner vaqtinchalik boshqa hududda yoki yashash joyini o`zgartirgan bo`lsa, Amaldagi tartibga asosan (AV ro`yxat 2018 yil 14 martdagi 2980-son) to`lanmaydi. Lekin, pensioner yashash joyini o`zgartirgan bo`lsa, birinchi navbatda hududdagi pensiya bo`limlariga borib xabardor qilinishi kerak va to`lov qaydnomasiga tegishli o`zgartirish kiritishi lozim. 

AT Xalq banki hozirgi karantin davrida bu malasalani tezkorlik bilan hal qilish bo`yicha qo`yidagilarni taklif etadi:

 1) AT Xalq banki filialidan plastik karta ochish, bunda tegishli hujjatlar rasmiylashtirish;

 2) O`sha hududda yashovchi yaqin qarindoshi yoki tanishiga pensiya va nafaqa pullarini olish uchun rasmiylashtirilgan ishonchnoma (pensiya va nafaqa oluvchining doimiy ro`yxatdan o`tgan yashash joyining mahalla raislari tomonidan tasdiqlangan)berish orqali amalga oshirish mumkin bo`ladi.

Shuningdek, karantin davrida boquvchisini yo`qotganlar boquvchisini yo`qotganlik uchun tayinlanadigan nafaqa pullarini rasmiylashtirish qanday amalga oshirilishi bo`yicha ham savol yo`llashgan.

 Bugungi kunda aholiga pensiya va nafaqa pullarini etkazib berish Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. Pensiya va nafaqa pullari esa pensiya jamg`armasi tomonidan rasmiylashtiriladi. Siz pensiya yoki nafaqa pullarini rasmiylashtirish uchun tuman yoki shahar pensiya jamg`armasi bo`limlariga murojaat qilasiz." deb yozadi Bank Axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar