AsosiyJamiyat

Plastik kartadagi pulini naqdlashtirolmayotgani bilan bog`liq xabarlarga munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tumandagi bankomatlarda mablag` yo`qligi, odamlar plastik kartadagi p...

'Plastik kartadagi pulini naqdlashtirolmayotgani bilan bog`liq xabarlarga munosabat'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tumandagi bankomatlarda mablag` yo`qligi, odamlar plastik kartadagi pulini naqdlashtirolmayotgani bilan bog`liq xabarlar tarqaldi. Ushbu material yuzasidan AT “Xalq banki” Chortoq filiali tomonidan munosabat bildirdi. 

Axborot asosida quyidagilar ma`lum qilindi:

"AT “Xalq banki” Chortoq filiali tomonidan tuman aholisining naqd pulga bo`lgan ehtiyojini uzluksiz ta`minlash choralari ko`rib kelinmoqda. Ushbu  materialga ilova qilingan surat olingan kuni, ya`ni 2020 yil 7 aprel holatiga bank filialiga qarashli uchta “Humo” bankomatlarda jami 540 000 000 (besh yuz qirq million) so`m naqd pul mablag`lari bo`lib, 99 735 000 (to`qson to`qqiz million etti yuz o`ttiz besh ming) so`m mablag`lar fuqarolar tomonidan naqdlashtirib olingan.

Bundan tashqari, mazkur materialda ...bank xodimlari tizim ishlamayotganini bahona qilishayotgani iddao qilingan. Vaholanki, tizim ishlamaganda edi, bankomatga hech kim kelmagan bo`lardi. Suratda esa buning aksini ko`rishimiz mumkin. Ichki ishlar xodimi bankomatga keluvchilarning belgilangan oraliq masofani saqlashini nazorat qilmoqda.

Qolaversa, bankomatlar uzluksiz ishlashini ta`minlash uchun video kuzatuv uskunasi hamda qo`shimcha elektr quvvatlagichlar o`rnatilgan. Shu bois yaqin orada tizimda uzulishlar kuzatilmagan, bank xodimlariga fuqarolardan birorta ham bankomat faoliyati yuzasidan e`tiroz ma`nosidagi murojaat kelib tushmagan" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar