AsosiyDunyo

AQShda koronavirus o`zining eng yuqori cho`qqisiga chiqdi — Donald Tramp

'AQShda koronavirus o`zining eng yuqori cho`qqisiga chiqdi — Donald Tramp'ning rasmi

AQShda koronavirus tarqalishi eng yuqori cho`qqiga chiqdi, ayrim mintaqalarda pasayish ham kuzatila boshlagan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o`tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma`lum qildi. Bu =ada daryo internet nashri «RIA Novosti»ga asoslanib xabar bermoqda. 

«Biz kasallikning eng yuqori cho`qqisidamiz, bunga ishonchim komil. Ayrim holatlarda pasayish kuzatilmoqda, biz jarayonni boshlab yubordik», — deydi Tramp

Matbuot anjumanida ishtirok etgan vise-prezident Maykl Pensning so`zlariga ko`ra, koronavirus bilan bog`liq vaziyat eng keskin bo`lgan mintaqalarda barqarorlashuv belgilari tobora ko`proq kuzatilmoqda. Vise-prezident Nyu-York shahri, Denver va Luiziana shtatlarini misol qilib keltirgan.

Boshqa yangiliklar