Qozog`istonning Qizilo`rda viloyatida yashovchi koronavirus bilan kasallangan homilador ayolning ko`zi yoridi, chaqaloqdan COVID-19 tahlili olingan, deb xabar bermoqda "RIA Novosti".
Ayol tug`ruqxonaga to`liq homiladorlik davri va o`tkir respirator virusli infeksiya belgilari bilan qabul qilingan. Tekshirishlar vaqtida uning tana harorati 38,1 gacha ko`tarilgan. COVID-19 tahlili unda virus borligini ko`rsatgan.
Daryo internet o`z xabarida, mamlakat sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Lyazat Aktaevaning so`zlarini quyidagicha yozmoqda.
"Chaqaloqning bo`yi 51 santimetr va 2,9 kilogramm vazn bilan tug`ilgan. Bolaning sog`lig`i shifokorlar tomonidan qoniqarli deb baholanmoqda, u inkubatorga joylashtirilgan. Onasining sog`lig`ini hisobga olgan holda chaqaloqdan ham koronavirusga tahlil olingan, natijasi kutilmoqda. Ayolning o`zi esa davolanish uchun yuqumli kasalliklar stasionariga o`tkazilgan"