AsosiyJamiyat

Ekspert koronavirus oziq-ovqat orqali yuqmasligini tasdiqladi

'Ekspert koronavirus oziq-ovqat orqali yuqmasligini tasdiqladi'ning rasmi

Ogayo universiteti (AQSh) tadqiqotchisi   Sanja Ilichning ta`kidlashicha,  COVID-19 oziq-ovqatlarda ko`paymaydi. Virusga jonli organizm  kerak. 

Biroq, olim koronavirusni supermarket va do`konlarda yuqtirib olish ehtimoli  kattaliginiistisno  qilmagan.  "Bunga yo`l qo`ymaslik uchun, muntazam qo`lni antiseptik bilan tozalash,insonlardan 2 metr masofani saqlash lozim. Xarid qilib olingan meva-sabzavotlarni suvda  yaxshilab  yuvish zarur", degan  u.

Mutaxassisning fikricha do`kondan buyurtma berishda katta xavf yo`q. Sababi hozirgacha do`kon va restoranlardan buyurtma qilingan oziq-ovqatlar orqali  virus tarqalganligi aniqlanmagan.

Eslatib  o`tamiz,Evropa oziq-ovqat xavfsizligi agentligi (EFSA) bayonotiga asoslanib,  COVID-19 infeksiyasi oziq-ovqat orqali insonga yuqishi isbotlanmagani  haqida  avvalroq ham ma`lumot  berganedik.

Boshqa yangiliklar