Sirdaryo viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog`liq 306 ta holat aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan ma`muriy jazo qo`llanildi.
13 nafar huquqbuzarlar ma`muriy qamoqqa olingan bo`lsa, 170 avtoransport vositalari haydovchilariga ma`muriy jazo tayinlanib avtomashinalari vaqtincha saqlash uchun jarima maydonlariga joylashtirilib, 31 ta holatda velosipedda karantin qoidalarini buzganlik uchun qonuniy choralar qo`llanildi.
Karantin qoidalarini buzish bilan bog`liq holatlarni aniqlash va huquqbuzarlarga nisbatan ta`sir choralari ko`rish chora-tadbirlari davom ettirilmoqda.
Yurtdoshlarimizdan karantin qoidalarini buzmasliklarini qat`iy talab qilamiz.
Uyda qoling, o`zingiz va oila a`zolaringizni asrang.