Angliyaning Reuters axborot agentligi bugunning oddiy, achchiq xaqiqatlari aks etgan suratlarni e`lon qildi. Fototasvirlar vaziyatni boricha yolg`onlarsiz so`zlaydi, balki shuning uchun ham ular qalblarni larzaga sola olar.

Hindiston, Mumbay. Mamlakatda karantin e`lon qilingach, ishlab chiqarish to`xtatilgan sexda yashab qolishga majbur bo`lgan ishchi migrant.

Tailand, Bangkok yangi tug`ilgan chaqaloq himoya niqobida

Braziliya. San-Paoladagi eng katta qabristonga koronavirusdan halok bo`lganlar olib kelinishiga xozirlik ko`rilmoqda.

Hindiston. Chinnay shahrida koronavirusdan halok bo`lgan bemorni ishchilar qabristonga olib ketishmoqda.

Yaponiya, Tokioning eng odamlar gavjum bo`lgan yo`laklardan biri, bugun.

Yaponiya. Tokioda oshpaz yigit yopilgan tamaddixonalar bo`ylab bormoqda.

Hindiston, Ahmadobod. Koronavirus uchun test olish jarayoni.

Buyuk Britaniya, London. Jurnalistlar koronavirus yuqishini oldini olish maqsadida ijtimoiy masofa saqlagan holda ishlashmoqda.

Fransiya shifokorlari mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni kamayishini maxsus shirinlik bilan nishonlashmoqda.

Nyu-York, Manxetten. Kasalxona ostonasiga odamlar shifokorlar uchun tashakkurnomalar qayd etib ketishgan.

Xitoy, Beyjing motam vaqti

Hindiston, Ahmadobod. Aholi Bosh vazir taklifi bilan tungi soat 8 da shamlar yoqib uylari balkoniga olib chiqishgan vaqt.

Buyuk Britaniya, London, aholi tomda quyoshdan bahra olmoqda.

AQSh, Nyu-York Bruklin tibbiyot xodimlari koronavirusdan halok bo`lganlarning jasadini maxsus joylarga keltirmoqda.

Nyu-York, Bruklin kasalxonadan halok bo`lganlar olib chiqilmoqda.

Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe ommaviy axborot vositalariga murojaat qilishdan avval niqobini echmoqda.






