Farg`ona viloyatining Marg`ilon shahrida 6 aprel kunidan 7 aprel kuniga o`tar kechasi fuqaro Yu.D. Zuxro ko`chasida istiqomat qiluvchi U.T.ni yashash xonadoni kirish yo`lagida qarovsiz qoldirilgan narxi 1.000.000 so`mlik velosipedini o`g`irlab ketgan. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan U.T.ga nisbatan Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.