AsosiyDunyo

Moskvada koronavirusli chaqaloq tug`ildi

'Moskvada koronavirusli chaqaloq tug`ildi'ning rasmi

Moskvada COVID-19 infeksiyasi aniqlangan bemorlar davolanayotgan shifoxonada koronavirusga chalingan chaqaloq tug`ildi.

Lenta.ru yozishicha homilador ayoldan olingan test natijalari ijobiy bo`lib chiqqan va u shifoxonaga yotqizilgan. Ayol “kesarcha” kesish usulida chaqalloqni dunyoga keltirgan. Hozirda ona va yangi tug`ilgan go`dak shifoxonada davolanmoqda. Ularning ahvoli yaxshi.

Eslatib o`tamiz: Rossiyada ayni kunda 11917 nafar fuqaroda virus aniqlangan, ulardan 795 nafari sog`aiygan, 94 nafar bemor vafot etgan.

Bir kunda virus aniqlangan bemorlar soni 1786 nafar. Bu avvalgilarga qaraganda rekord natija deb e`lon qilindi.

 

Boshqa yangiliklar