AsosiyJinoyat

Buxoroda o`limga olib kelgan janjal – payhon ortidan kelib chiqdi

Joriy yilning 28 mart kuni soat 17:30 da Buxoro viloyati Qorako`l tumani O`tiq-D...

'Buxoroda o`limga olib kelgan janjal – payhon ortidan kelib chiqdi'ning rasmi

Joriy yilning 28 mart kuni soat 17:30 da Buxoro viloyati Qorako`l tumani O`tiq-Do`rman qishlog`ida yashovchi, 28 yoshli B.D. “Shohjaxon chorva zamini” fermer xo`jaligiga qarashli cho`l hududida o`zaro janjal oqibatida hamqishlog`i, 58 yoshli N.X., ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat etkazgan.

Natijada N.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 6 aprel kuni shu erda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako`l tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o`limiga sabab bo`lgan badanga qasddan og`ir tan jarohati etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, janjal, gumonlanuvchi N.X., ga tegishli bo`lgan qo`y podasi, B.D., ning beda o`tlari ekin maydoniga kirib payxon qilganligi sabab bo`lgan.

Jinoyat ishi bo`yicha B.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va o`rnatilgan tartibda ushlangan.

    Boshqa yangiliklar