AsosiyJinoyat

Samarqandda velosiped boshqarib ketayotgan shaxs YTH oqibatida vafot etdi

'Samarqandda velosiped boshqarib ketayotgan shaxs YTH oqibatida vafot etdi'ning rasmi

Samarqand. 2020 yilning 10 aprel kuni soat 21:00 da Samarqand tuman "Yangijoy" mahallasi hududidan o`tuvchi "Yangijoy-Gulobod" avtomobil yo`lida haydovchi 28 yoshli A.G. bo`lgan “Nexia” rusumli avtomashinasini avtomobil yo`lining "Yangijoy-Gulobod" yo`nalishida boshqarib borib, o`zining harakat yo`nalishidan velosipedda harakatlanib borayotgan 45 yoshli O.U., ni orqa tomonidan urib yuborib yo`l transport hodisasini sodir etgan.

Natijada O.U. olgan tan jarohati natijasida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand  tuman IIB  huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`lishiga sabab bo`lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi  qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar