AsosiyDunyo

Xitoy koronavirusdan tuzalish narxini aytdi

Xitoyda bitta bemorni koronavirus bilan davolashning o`rtacha narxi taxminan 21,5 ming yua...

'Xitoy koronavirusdan tuzalish narxini aytdi'ning rasmi

Xitoyda bitta bemorni koronavirus bilan davolashning o`rtacha narxi taxminan 21,5 ming yuanni (3 ming dollardan ortiq), og`ir kasal bo`lgan bemorni davolash 150 ming yuanni (21,3 ming dollardan ortiq) tashkil etadi, deydi Xitoy Xalq Respublikasi tibbiy xizmatlarini boshqarish boshqarmasi bo`lim boshlig`i Xiong Xianjun.

"6 aprel holatiga ko`ra, koronavirus tashxisi qo`yilgan bemorni davolash qiymati o`rtacha hisobda 21,5 ming yuanga etdi. Hozirgi kunda bitta og`ir ahvoldagi bemorni kornavirus bilan davolash qiymati 150 ming yuandan oshadi. O`ta og`ir bemorlarni davolash bir necha yuz ming yuanga etadi, ba`zan esa 1 million yuandan ko`proq ", dedi Xiong Xianjun.

Shuningdek, u 6 apreldan boshlab mamlakatning barcha hududlarida virusga chalingan bemorlarni va shubha ostidagi kishilarni tekshirish hamda davolash uchun ketgan umumiy xarajatlar 1,48 milliard yuandan (211 million dollar) ortiq ekanligini, tibbiy sug`urta 990 AQSh dollari miqdoridagi xarajatlarni qoplashini ta`kidladi.

Shunga qaramay, sug`urta pulini kim va qachon olishi hozircha aniq emas.

    Boshqa yangiliklar