AsosiyDunyo

Xitoyda COVID-19 ga chalinish bo`yicha bir sutkada 99 holat qayd etildi

Xitoyda o`tgan bir sutka ichida 99 kishida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi aniqlandi...

'Xitoyda COVID-19 ga chalinish bo`yicha bir sutkada 99 holat qayd etildi'ning rasmi

Xitoyda o`tgan bir sutka ichida 99 kishida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Xitoy Sog`liqni saqlash milliy komissiyasi manbasiga tayanib Daryo xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, yangi bemorlarning 97 nafari xorijdan kirib kelgan va ikki kishigina mamlakat ichida yuqtirib olgan. Tibbiyot xodimlari yana 49 fuqaroda COVID-19 borligini gumon qilmoqda. Bularning barchasi chetdan yuqtirilgan.

Koronavirus pandemiyasi o`chog`i hisoblangan Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida kasallikka chalinish bo`yicha birorta yangi holat aniqlanmagan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Xitoyda koronavirusni chetdan yuqtirish bilan bog`liq jami 1280 ta holat qayd etilgan. Ulardan 799 nafari kasallanganligicha qolmoqda, 481 kishi tuzalgan.

O`tgan bir sutka ichida Xitoyda koronavirus oqibatida hech kim vafot etmagan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 82 052 kishida koronavirus aniqlangan, 3339 kishi vafot etgan. Ayni vaqtda Xitoy shifoxonalarida COVID-19 tashxisi qo`yilgan 1138 bemor qolmoqda. Ulardan 139 nafari og`ir ahvolda.

Avvalroq Xitoy o`z hududida koronavirus tarqalishini to`xtatgani, mamlakatda avtomobil sanoati yana oyoqqa turib, ishlab chiqarishni qayta yo`lga qo`yilgani haqida xabar berilgandi. 8 aprel kuni Xitoy hukumati yanvar oyidan beri ilk bor Uxandan chiqish yo`llarini ochdi.


 

    Boshqa yangiliklar