AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 300 dan ortiq ko`ngilli yoshlar “Call-markaz” ishiga yordam bermoqda

'Surxondaryoda 300 dan ortiq ko`ngilli yoshlar “Call-markaz” ishiga yordam bermoqda'ning rasmi

1197 qisqa raqami orqali telefon qilsangiz, oziq-ovqat maxsulotlariga muxtoj bo`lganlar uchun volontyorlar ko`makka oshiqadi. 

“Call-markaz”da O`zbekiston yoshlar ittifoq Surxondaryo viloyat hamda  tuman, shaxar Kengashlaridagi 300 nafar ko`ngilli yoshlar birlashib, aholidan tushayotgan murojaatlar tezkorlik bilan javob berishmoqda. “Call-markaz”ga birinchi kunda - 73 ta murojaat qilingan bo`lsa, bugungi kunga qadar ularning soni jami 2 324 taga etdi.  Ushbu murojaatlar elektron dastur orqali har bir tuman bo`yicha tuzilgan ishchi guruhlarga yuborilmoqda.

Har bir tumanda shakllangan ishchi guruhlar a`zolari ma`lumotlarni umumlashtirib,manzilli ro`yhat asosida aholi uchun zarur bo`lgan birlamchi 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jumladan un, guruch, kartoshka, yog`, piyoz, makaron, shakar, tovuq, tuxum, nonni O`zbekiston yoshlar ittifoq Surxondaryo viloyat hamda  tuman (shaxar) Kengashlaridagi ko`ngilli yoshlar tomonidan 60 ta “Damas”avtotaransport vositalari orqali manzillariga etkazilmoqda.

Aytish kerakki Yoshlar ittifoqining barcha mahalliy Kengashlari tomonidan karonavirus pandemiyasiga oid bannerlar, “Uyda qoling”, “Karantindan unumli foydalaning”, “Koranavirusga qarshi birgalikda kurashamiz” aks ettirilgan 59 dan ortiq targ`ibot bannerlari tumanlardagi Markaziy ko`chalarga ilindi, 4000 dan ortiq tarqatma materiallari, 1500 dan ortiq antiseptik vositalar tarqatildi. Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog`ida “Zakovat” o`yinlari hamda 5 ta muhim tashabbus bo`yicha “O`z iste`dodingni namoyon et” mavzularida tanlovlar tashkil etilib kelinmoqda.

Boshqa yangiliklar