AsosiyJamiyat

Xorazmdagi bemor ham sog`aydi!

'Xorazmdagi bemor ham sog`aydi!'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi bir oz avval ma`lum qilganidek, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 19 nafar, so`ngra Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatilgan edi.

Endilikda yana bir xushxabar: Xorazm viloyatida yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir nafar bemor butunlay sog`ayib, viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi mas`ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Sog`aygan bemor surxondaryolik bo`lib, joriy yil Rossiyadan charter reysda Urganchga kelgach, 25 mart kuni unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.  

Shunday qilib,  ayni paytgacha mamlakatimiz bo`yicha jami 66 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan to`liq sog`aydi.

    Boshqa yangiliklar