Bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda fuqarolardan tushgan savollarga Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G`iyosov javob berdi.
SAVOL: Karantin davrida nonga, bozorga, oziq-ovqat olishga ko`chaga chiqyapmiz. Shunda ichki ishlar organlari xodimlari bir necha marotaba pasportimni so`rashdi, men pasport olib yurishim shartmi?
JAVOB: Ichki ishlar organlariga boshqa idoralar bilan hamkorlikda fuqarolarning karantin qoidalariga rioya etishlarini nazorat qilish, tartib buzganlarga nisbatan keskin chora ko`rish vazifasi yuklatilgan. Agar Siz karantin davrida ko`chaga chiqsangiz, bilingki, har bir ichki ishlar organi yoki Milliy gvardiya xodimi Sizni to`xtatib, ko`chaga chiqish maqsadingizni so`raydilar. Bunda albatta shaxsingizga aniqlik kiritish zarur. Agar yoningizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo`lmasa, Sizni ichki ishlar organiga olib borib, shaxsingizni aniqlashtirishga zarurat tug`ilishi mumkin. Shuning uchun, hayotiy zarurat tug`ilganida ko`chaga chiqsangiz pasportingiz yoningizda bo`lishi shart!
Agar Siz ishga ketayotgan bo`lsangiz, qo`shimcha, ishxona guvohnomasi va Siz ishga jalb etilganingiz haqidagi rahbar tasdiqlagan ma`lumotnoma qo`lingizda bo`lishi shart.