COVID-19 koronavirusi sababli joriy yilda Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi qariyb barcha mamlakatlarda YaIM 4,6 foizgacha tushib ketishi mumkin, deyiladi Jahon banki e`lon qilgan hisobotda.
YaIMning ko`tarilishi faqat 2021 yilga kelib kuzatilishi mumkin. Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari so`nggi paytlarda qator larzalarni boshdan kechirmoqda, jumladan, mintaqada ommaviy tartibsizliklar ro`y berdi, keyin neft narxi tushib ketdi, endi esa koronavirus balosi tarqalgan. Qolaversa, ayrim mamlakatlar iqtisodiyotiga turizm sohasida kuzatilayotgan inqiroz ham salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Hisobotda ta`kidlanishicha, davlat moliya institutlari hamda ish o`rinlari yaratadigan asosiy manbalarni qo`llab-quvvatlashi lozim. Bundan tashqari, Jahon banki hisobotida inqirozdan zarar ko`rganlarga yordam berish uchun ijtimoiy himoya dasturlarini kengaytirish zarur ekani ham aytib o`tilgan.
Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining so`nggi ma`lumotiga ko`ra, hozir dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 1,7 million kishiga etgan, 105 mingdan ziyod kishi ofat qurboni bo`ldi.






