AsosiyDunyo

Xopkins Universiteti dunyoda koronavirus bemorlari sonini e`lon qilgach, 2 soat o`tib, ma`lumotlarga tuzatish kiritdi

Dunyo bo`yicha koronavirus bilan kasallanganlarni hisoblab borayotgan AQShdagi Jons Xopkin...

'Xopkins Universiteti dunyoda koronavirus bemorlari sonini e`lon qilgach, 2 soat o`tib, ma`lumotlarga tuzatish kiritdi'ning rasmi

Dunyo bo`yicha koronavirus bilan kasallanganlarni hisoblab borayotgan AQShdagi Jons Xopkins Universiteti avvalroq e`lon qilgan ma`lumotlariga tuzatish kiritdi, deya xabar qildi O`zA.

Bundan avval ushbu universitet olimlari dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 milliondan oshdi, degan xabarni tarqatgan edi.

Avvalroq universitet saytida “COVID-19 bilan kasallanganlar soni dunyo bo`yicha 2 million kishidan oshdi va 2 million 19 ming 320 kishini tashkil etmoqda”, degan xabar paydo bo`lgan edi. Ushbu xabar saytda ikki soat mobaynida turdi. Keyin ma`lumotlarga tuzatish kiritilgan. 

Hozirgacha dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirganlar 1 million 918 ming 855 kishini tashkil etadi. Pandemiya 119 ming 588 kishining yostig`ini quritgan. Tuzalib chiqqanlar esa, 448 ming 998 kishini tashkil etadi, deyiladi tuzatilgan ma`lumotda.


 

    Boshqa yangiliklar