AsosiyDunyo

Qozog`istonda koronavirus pandemiyasidan zarar ko`rgan supermarket egalari hukumatdan yordam so`radi

Qozog`istonda supermarket egalari  koronavirus pandemiyasidan 280 million dollar zara...

'Qozog`istonda koronavirus pandemiyasidan zarar ko`rgan supermarket egalari hukumatdan yordam so`radi'ning rasmi

Qozog`istonda supermarket egalari  koronavirus pandemiyasidan 280 million dollar zarar ko`rdi.  Natijada  ular   hukumatdan yordam so`rashga  majbur bo`lgan.

COVID -19 pandemiyasi sababli favqulodda holat e`lon qilinganidan beri Qozog`istondagi savdo tarmoqlari 120 milliard tenge (280,6 million dollar) yo`qotdi. Bu haqda 20 ta chakana savdo tarmog`ini birlashtiruvchi Qozog`iston savdo tarmoqlari birlashmasi respublika bosh vaziri Asqar Maminga yo`llagan  ochiq xatda aytiladi.

Supermarket vakillarining ta`kidlashicha,  har kuni savdo-sotiq  daromadlari yo`qotilishi sezilarli darajada o`smoqda. Aylanma mablag`larning etishmasligi ish haqini to`lashga, banklar va etkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarishga imkon bermayapti. Ish soatlari qisqarishi, odamlar va transport vositalarining harakatlanishi cheklanganligi va etkazib berishni to`xtatilishi tufayli oziq-ovqat zanjirlari yo`qotilmoqda.

Ma`lumot o`rnida, pandemiyagacha  Qozog`istonda savdo sektori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni tashkil etayotgandi. Sohada 1,4 million kishi ish bilan ta`minlangan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar