AsosiyDunyo

Fransiyada koronavirus karantini 11 maygacha uzaytirildi

13 aprel kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus tarqalishining oldini olish...

'Fransiyada koronavirus karantini 11 maygacha uzaytirildi'ning rasmi

13 aprel kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus tarqalishining oldini olish uchun joriy qilingan karantin 11 mayga qadar uzaytirilganini e`lon qildi. Uning aytishicha, virus bilan kurashda oldinga qadam bosishga erishildi, ammo hali g`alabani nionlashga erta. Bu haqda reuters.com xabar berdi.

«Kelasi to`rt hafta davomida qoidalarga rioya qilinishi kerak», dedi prezident televideniya orqali xalqqa qilgan murojaatida.

Makronning so`zlariga ko`ra, Fransiya 11 mayga qadar COVID-19 alomatlari bo`lgan har bir fuqaroni tekshiruvdan o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar