Kembrij universiteti tadqiqotchilari COVID-19ning 150 ta genomini o`rganishdi va uch turdagi infeksiya agentini aniqlashdi.
Bu turlarga A, B va S indekslarini berishdi.
Ular bir-biridan aminokislotalar ketma-ketligida farqlanib, genomdagi mutasiyalar tufayli bu o`zgarishlar yuzaga keldi.
A turi - ko`rshapalaklar populyasiyasida aylanib yuradigan koronavirusga eng yaqinroq bo`lib chiqdi. Ta`kidlanishicha, u to`g`ridan-to`g`ri yovvoyi tipdagi koronavirusdan kelib chiqqan. Uni SARS-CoV-2 «avlodi» desa bo`ladi.
V turi - A turidan kelib chiqqan holda, ikkita asosiy mutasiyalarda «qarindoshi»dan farq qiladi. Aynan u Uxan shahrida epidemiyani keltirib chiqardi. Natijada, V turi Osiyo uchun xarakterli bo`lib qoldi, dunyoning boshqa qismlarida esa u keng tarqalmadi. Olimlarning fikriga ko`ra, buning sababi - dunyo aholisining qolgan qismi ushbu virusga qarshi immunologik qarshilikka ega bo`lishi mumkin.
Keyinchalik V turi S tur mutasiyasiga uchradi. Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Shvesiyadagi bemorlarda bu tur birinchi marta aniqlandi, ammo Xitoyda bu tur umuman yo`q. Ma`lum bo`lishicha, A va C turlari Sharqiy Osiyodan tashqarida tarqalgan va asosan Evropa va AQShda uchramoqda.






