Karantin tadbirlari e`lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo`yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog`liq jami – 63 882 ta holat aniqlangan. Ular:
- Toshkent shahrida – 10 922 ta holat;
- Farg`ona viloyatida – 9 347 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 9 288 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 5 961 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 4 617 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 4 382 ta holat;
- Namangan viloyatida – 3 654 ta holat;
- Andijon viloyatida – 3 634 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 2 613 ta holat;
- Qoraqalpog`iston Respublikasida – 2 354 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 2 184 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 2 122 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 2 117 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 687 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, 14 aprel kuni Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumani, “O`rtasaroy” mahallasi, Oq oltin ko`chasida yashovchi 1982 y.t. A.K., Yuqorichirchiq tumani, “Guliston” mahallasida yashovchi 1984 y.t. I.Z., Buxoro shahar, Sherbudin ko`chasida yashovchi 1985 y.t. R.S., Qoraqalpog`iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Qipchoq” ovulida yashovchi 1998 y.t. F.B., To`rtko`l tumani, “Sho`raxon” ovulida yashovchi 1993 y.t. D.E.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma`muriy javobgarlikka tortilganlar.
14 aprel kuni Urganch shahar, Quruvchilar ko`chasida yashovchi 1987 y.t. Sh.B. ruxsatnomasiz o`z transportida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bo`yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
14 aprel kuni Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, “Sh.Hamroev” mahallasi, “Dodbog`ni” qishlog`ida yashovchi 1984 y.t Sh.R. ruxsatnomasiz o`z transportida bemaqsad 4 nafar fuqarolarni tashib yurganligi aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bo`yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
14 aprel kuni Xorazm viloyati, Xonqa tumani, “Sarapayon” qishlog`ida yashovchi 1995 y.t. N.D. o`z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bo`yicha javobgarlikka tortilib, velosipedi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
14 aprel soat 14:00 da Sirdaryo tumani, “Furqat” mahallasi, Qaxramonlar ko`chasida yashovchi 2000 y.t. R.B. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligini uchun, unga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalari asosida Ma`muriy ishlar bo`yicha Guliston tumani sudi tomonidan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
14 aprel soat 12:45 da Sirdaryo viloyati, Shirin shahar, “M.Ulug`bek” mahallasida yashovchi 1961 y.t. E.Sh. va “Do`stlik” mahallasida yashovchi 1962 y.t. K.E.lar karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganliklari uchun, ularga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54 va 183-moddalariga asosan Ma`muriy ishlar bo`yicha Boyovut tumani sudi tomonidan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
14 aprel soat 14:00 da Sirdaryo tumani, “Farovon” mahallasi, Hamdo`stlik ko`chasida yashovchi 2000 y.t. V.L. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalari asosida Ma`muriy ishlar bo`yicha Guliston tumani sudi tomonidan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ta`kidlab o`tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas`uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne`mat bo`lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.
J.y. 15 aprel soat 09:00 holatiga






