AsosiyJinoyat

O`g`irlikka kirgan jinoyatchi cholni do`pposlab, kampirning qo`lini qaychi bilan kesdi

'O`g`irlikka kirgan jinoyatchi cholni do`pposlab, kampirning qo`lini qaychi bilan kesdi'ning rasmi

Toshkent viloyati. 2020 yil 12 aprel soat 23:30 da muqaddam bir necha marotaba sudlangan 28 yoshli X.X., mast xolda spirtli ichimlik ta`sirida, Nurafshon shahar Navro`z mahallasida yashovchi, 88 yoshli Z.A., ning xonadoniga deraza orqali g`ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonadagi shkaflarini ochib moddiy qimmatliklarni qidirayotgan vaqtida Z.A., bu harakatlarini sezib qolganida X.X., qo`llari bilan Z.A., ning bosh qismiga urib, oyoqlari bilan tepib, uning turmush o`rtog`i 85 yoshli M.A., ga hayot va sog`liq uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatib, tokchada turgan qaychi bilan uning qo`llarini kesib, tan-jarohati etkazgan.

Hodisa joyidan 3 dona barmoq izlari, bir dona qaychi, X. X., ga tegishli bo`lgan qora rangli qishki kepka, oyoq izlari, qon surtmalari tegishli tartibda olingan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, X.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar