1

Buxoroda Xalqaro paketli kommutasiya markazi bog`lamasining qurilishi yakunlandi

Hi-tech 07.05.2015, 12:12
Buxoroda Xalqaro paketli kommutasiya markazi bog`lamasining qurilishi yakunlandi

“O`zbektelekom” AK zimmasidagi vazifalarni o`z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun 2005 yilda Internet provayderlarga global Internet tarmog`i resurslariga ulanishni ta`minlovchi “O`zbektelekom” AK Xalqaro paketli kommutasiya markazi (XPKM) tashkil etilgan.

O`zbekiston Respublikasi hududida xalqaro aloqa xizmatlariga ehtiyoj hamda o`sib borayotgan talablarni, shuningdek, tranzit sig`imiga bo`lgan talab va ehtiyojlarni hisobga olib hamda O`zbekiston Respublikasida Internet xizmatlarini yanada rivojlantirish bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlarni qabul qilish uchun mavjud o`tkazish qobiliyatini oshirish va chegaradosh mamlakatlar operatorlari bilan yangi chegaraga o`tish nuqtalarini qurish bo`yicha loyihalar amalga oshirildi. Xususan, Qo`ng`irod (O`zbekiston) - Beyneu (Qozog`iston), Paxta (O`zbekiston) - Abay (Qozog`iston), Keles (O`zbekiston) – Jibik Joli q. (Qozog`iston), Keles (O`zbekiston) – Sarag`och (Qozog`iston), Denov (O`zbekiston) – Chirtak (Tojikiston), Andijon (O`zbekiston) – Osh (Qirg`iziston), Olot (O`zbekiston) - Turkmanobod (Turkmaniston), Termiz (O`zbekiston) – Hayraton (Afg`oniston) va boshqa uchastkalarda xorijiy mamlakatlar operatorlari bilan yangi o`tish nuqtalari foydalanishga topshirildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyunda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikasiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “O`zbektelekom” AK tomonidan “Xalqaro paketli kommutasiya markazini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilishi, unga muvofiq mintaqalarda XPKMning yangi bog`lamalari bosqichma-bosqich ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyihaning birinchi bosqichida Buxoro shahrida o`tkazish qobiliyati kelajakda yanada kengaytirish imkoniyati bilan 40 Gbit/s. bo`lgan  XPKM yangi bog`lamasining qurilishi yakunlandi.

XPKM bog`lamalarini o`zaro bog`lash va O`zbekiston Respublikasi telekommunikasiya tarmoqlarini rivojlantirish uchun “O`zbektelekom” AK  Yaponiyaning NEC korporasiyasi va Toyota Tsusho savdo uyi bilan hamkorlikda bir lyambdalarda 100 Gbit/s. tezlikdagi yangi DWDM-liniyasini foydalanishga topshirdi. Yangi liniya Respublika poytaxti – Toshkentni  O`zbekistonning tarixiy yodgorliklar maskani – Buxoro shahri bilan bog`ladi.

Ta`kidlash zarurki, bu Markaziy Osiyo mamlakatlarida 100 Gbit/s.gacha tezlikda ishlaydigan birinchi tizimdir. Mazkur tizimda 10 Gbit/s.gacha tezlikda ishlaydigan an`anaviy DWDM-tizimlaridan katta farq qiladigan eng ilg`or  kogerent qabul qilish va uzatish texnologiyalari qo`llanilgan.

Mazkur loyiha magistral aloqa liniyalari o`tkazish qobiliyatini va ma`lumotlar uzatishni bir necha marta oshirdi, bu esa mamlakatimiz foydalanuvchilarining Internet-xizmatlariga ishonchli hamda yuqori tezlikda ulanishiga sharoit yaratilishiga yordam beradi.

 

          

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1