Amerikaning Vankuver shahrida istiqomat qiluvchi ayol koronavirus sabab sun`iy koma holatida bo`la turib farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda Mirror xabariga tayanib daryo sayti yozmoqda.
27 yoshli Anjela Primachenko 24 mart kuni koronavirusga test topshirgan va uning natijalari ijobiy chiqqan. Kasallik belgilari kuchaygach shifokorlar ayolni kasalxonaga yotqizib, sun`iy koma holatiga tushirishga qaror qilgan.
Primachenko sun`iy nafas oldirish apparatiga ulanganida homilasi 33 haftalik bo`lgan. Koma holatda yotganiga qaramay, ayol farzandini dunyoga keltirgan.
Hozircha chaqaloq reanimasiya bo`limida shifokorlar nazorati ostida, unda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.






