Ota-onalar uchun muhim bo`lgan savollardan biriga O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi boshqarma boshlig`i Doniyor Ermatov ishtirokida brifingda javob berildi.
— Har qanday vaziyatda farzandlarimiz bilim olishi kerak. Joriy yil 30 mart kunidan umumta`lim maktablarida 4-chorak boshlangan. O`quvchilarning masofaviy ta`lim doirasida olgan bilimlari baholanib borilishi lozim. Ayrim o`quvchilar viloyatlarga ketgan va ularning darsliklari Toshkentda qolgan bo`lsa, bunday holda o`quvchilar elektron darsliklarni eduportal.uz saytidan ko`chirib olishlari tavsiya etiladi.
O`quvchilarni baholash ishlari esa, Xalq ta`limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “ta`lim muassasalarida karantin davrida masofadan ishlashga o`tgan tizim xodimlarining faoliyati yuzasidan tavsiya” asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq.
"Shu o`rinda, bolalarning videodarslarni ko`rib borishi va uy vazifalarini bajarib borishiga ota-onalar mas`ulligini yana bir bor eslatib o`tamiz" deydi Xalq ta`lim vazirligi vakili.