AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni afsuski, yana oshdi...

'O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni afsuski, yana oshdi...'ning rasmi

17 aprel soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni  nafarni tashkil qilmoqda.

Ayni paytga qadar  O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1349 nafarni tashkil qilmoqda. 

Hozirga qadar koronavirus oqibatida 4 kishi vafot etgan, shuningdek,  bemorlarning 129 nafari sog`aydi. 

Shuningek, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida ma`lumot bergan edi. Unga ko`ra, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 100 bemorning 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og`ir, 1 nafarining ahvoli nisbatan og`ir va yana 1 nafarining ahvoli o`ta og`ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 101 bemordan 2 nafarining ahvoli og`ir, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 124 bemordan 6 nafarining ahvoli og`ir, deb baholanyapti. 

    Boshqa yangiliklar