AsosiyJinoyat

Namanganda o`zini "mashina tagiga tashlayman", deb qo`rqitgan ayol profilaktika inspektorining pogonini yulib oldi

'Namanganda o`zini "mashina tagiga tashlayman", deb qo`rqitgan ayol profilaktika inspektorining pogonini yulib oldi'ning rasmi

Shu yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida “Malibu” rusumli avtomashinasidagi fuqaro “Oromgoh” mahalla fuqarolar yig`inida faoliyat yurituvchi “Oromgoh” blok postiga kelganda, bu erda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari unga karantin qoidalarini buzganligini aytishib, holatni rasmiylashtirishga kirishadilar.

 Haydovchi qonuniy talablarga bo`ysunish o`rniga ularni haqoratlab, janjal qila boshlaydi va faol qarshilik ko`rsatadi. Avtomobil jarima maydoniga olib ketiladi.

Endi voqeaga haydovchining turmush o`rtog`i aralashadi. U o`zini ming ko`yga solib, janjal qiladi, o`zini mashina tagiga tashlayman, deb qo`rqitadi. Shu bilan birga hududiy profilaktika inspektorini haqoratlab, uning pogonlarini yulib oladi.

Ushbu holat yuzasidan haydovchi va uning turmush o`rtog`iga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hozirda Namangan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar