AsosiyDunyo

"SPID"ni kashf etgani uchun "Nobel" olgan olim: "Koronavirus laboratoriya sharoitida yaratilgan"

OIVni (SPID) kashf etgani uchun Nobel mukofoti sovrindori bo`lgan, fransuz virusologi Lyuk...

'"SPID"ni kashf etgani uchun "Nobel" olgan olim: "Koronavirus laboratoriya sharoitida yaratilgan"'ning rasmi

OIVni (SPID) kashf etgani uchun Nobel mukofoti sovrindori bo`lgan, fransuz virusologi Lyuk Montane yangi turdagi koronavirus laboratoriya sharoitida yaratilganligi haqidagi versiyani ilgari surdi. Bu haqda u “CNEws” telekanaliga bergan intervyusida aytib o`tgan.

Olimning fikricha, ushbu virus molekulyar biologlar tomonidan yaratilgan.

Montane, shuningdek, COVID-19 bilan “manipulyasiya” sodir bo`lganligini, chunki unga OIV zarralari kiritilganligini aytdi.

Shu bilan birga, u ushbu virusni kim, qanday maqsadda va nima uchun ixtiro qilganligi haqida bilmasligini ta`kidladi.

“Balki ular OITSga qarshi vaksina ishlab chiqishni o`ylagandir”, deb qo`shimcha qildi Montane.

Nobel mukofoti sohibining boshqa bir matbuot anjumanida ta`kidlashicha, koronavirus Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan chiqib ketgan. Bunga uning ishonchi komilligini o`z intervyularida ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar