AsosiyJinoyat

Andijonda mast xolda huquqbuzarlarlik sodir etgan fuqarolar qamaldi

'Andijonda mast xolda huquqbuzarlarlik sodir etgan fuqarolar qamaldi'ning rasmi

14 aprel kuni soat 15:00 larda Xo`jaobod tumani Mustaqillikning 27 yilligi mahallasida yashovchi fuqarolar D.R xamda  U.O.lar karantin qoidalarini buzib jamoat joyida spirtli ichimlik ichishib, mast xolda turli haqoratli so`zlar bilan baqir-chaqir ko`tarishgan. Bu salbiy xatti-harakatlari bilan oila a`zolari va shu joyda yashovchi fuqarolarning tinchligini buzganlar. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu holatdan xabar topgan shu xududga xizmat ko`rsatuvchi profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga etib kelib, ularni tinchlantirmoqchi bo`ladi. Ammo ular xodimning qonuniy talabiga bo`ysunmay faol qarshilik ko`rsatishgan. Karantin paytida jamoat tartibini buzib, huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar ishi  16 aprel kuni Jalaquduq tuman ma`muriy sudi tomonidan ko`rib chiqildi. Sud hukmiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi  MJtKning bir qator moddalariga asosan huquqbuzarlar D.R xamda U.O.larga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.   

 

    Boshqa yangiliklar