AsosiyDunyo

Shvetsiya malikasi koronavirusga qarshi kurashish uchun hamshira bo`lib ishga kirdi

Shvesiya malikasi Sofiya epidemiya paytida koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarg...

'Shvetsiya malikasi koronavirusga qarshi kurashish uchun hamshira bo`lib ishga kirdi'ning rasmi

Shvesiya malikasi Sofiya epidemiya paytida koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga yordam berishga ahd qildi. U shifoxonaga hamshira bo`lib ishga keldi.

Malika Sofiya avval Stokgolmdagi shifoxonalardan birida faxriy rais lavozimida faoliyat olib borgan. Bu haqda News.liga People ga tayanib xabar berdi.

35-yoshli Shvesiya malikasi Sophiahemmet universiteti kolleji qoshidagi uch kunlik ekspress-onlayn hamshiralik kursini tamomladi. Bu o`quv kursi epidemiya paytida qiynalib qolgan tibbiyot xodimlariga ko`maklashish maqsadida tashkil qilingan.

Qirollik oilasi vakillarining ta`kidlashicha, malika o`z yaqinlariga shifokorlarga yordamlashishga qaror qilganini aytgan. 

Shu o`rinda ta`kidlash kerakki malika bevosita bemorlar bilan ishlamaydi. U bemorlarga ovqat tayyorlash, tibbiyot uskunalarini dezinfeksiya qilish va boshqa tozalash ishlari bilan shug`ullanadi.

Aslida Stokgolm shahridagi shifoxona tarixi 1884 yilda yashagan qirollik oilasi bilan bog`liq. Aytilishicha o`sha davrda ham qirol oilasi ushbu shifoxona tibbiy xodimlarini o`qitish ishlariga homiylik qilgan.

 Sofiyaning turmush o`rtog`i shahzoda Karl Filip bo`lib, ularning ikki farzandi bor. Bular shahzoda Filipp va shahzoda Gavriildir.

    Boshqa yangiliklar