AsosiyJinoyat

Toshkentda avtomashina “stiker”larni noqonuniy qo`lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Toshkentda avtomashina “stiker”larni noqonuniy qo`lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Toshkent shahar, Mirobod tumanida ro`yxatdan o`tib, ulgurji savdo turiga ega bo`lgan “D.F.” MChJ mansabdor shaxslari mansab vakolatlarini suiiste`mol qilgani anqilandi. Bu haqda Bosh Prokuratura Darakchiga xabar berdi. 

U  karantin qoidalariga zid ravishda 7 nafar shaxslarni ishga qabul qilish haqida buyruqlarni rasmiylashtirib, Davlat xizmatlari markazidan karantin davrida avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy olishga erishganligi aniqlangan.

Shu kabi, 9 ta ma`suliyati cheklangan jamiyatlari mansabdor shaxslari jami 18 ta holatlarda stikerlarni noqonuniy qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan 17.04.2020 yilda Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 192-11, 257-1 va 228-moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar