Navoiy viloyati IIB JQB hamda Navoiy shahri IIO FMB JQB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma`lumotlar tegishli tartibda o`rganildi.
Unga ko`ra, 1972 yil Navoiy shahrida tug`ilgan, millati rus, ma`lumoti o`rta, muqaddam sudlangan, bo`ydoq, ayni paytda Navoiy shahri, “Navoiy” ko`chasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Yu. ochiqdan ochiq qonunga bo`ysunmagan holda, karantin qoidalarini qasddan buzib, sheriklari – 1979 yil Rossiya Federasiyasida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti o`rta, muqaddam sudlangan, ajrashgan, Navoiy shahri “Pushkin” ko`chasida istiqomat qiluvchi N.O., 1974 yil Rossiya Federasiyasida tug`ilgan, millati rus, ma`lumoti o`rta, muqaddam sudlangan, ajrashgan – 1 nafar farzandi bor, Navoiy shahri “Energetik” ko`chasida yashovchi F.S. hamda 1977 yil Navoiy shahrida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti o`rta, muqaddam sudlangan, ajrashgan, Navoiy shahri “Zarapetyan” ko`chasida istiqomat qiluvchi Sh.E.lar bilan “Dizomorfin” (Krokodil) qo`lbola giyohvandlik moddasini iste`mol qilayotganlarida, daliliy ashyolar bilan qo`lga olindi. Mazkur holat yuzasidan aybdorlar qonun doirasida tegishli tartibda jazolanishi muqarrar.
Insonlarning xatolaridan xulosa chiqarmasligi, hayot yo`lining izidan chiqishiga sabab bo`ladi. Yuqorida nomlari ta`kidlab o`tilgan jinoyatchilar muqaddam sudlanishiga qaramasdan, “ko`zi ochilmaganlar” toifasidan. “Bukrini go`r tuzatadi” – degan naql bejizga emas. Taassufki, “bangi”larning jirkanch qilmishi boshqa yana bir oilaning yostig`ini quritishi mumkinligini o`ylaganingda, beixtiyor nafratlanasan kishi. Vaholangki, oilaviy turmushi buzilgan, hayotda o`z o`rnini yo`qotgan kimsalar jamiyat uchun ham xavflidirlar.